Fayzullaevning endilikda sobiq jamoadoshi tarixga kirdi

  • 28 iyul, 23:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining ikkinchi turida Abbosbek Fayzullaevning endilikda sobiq klubi TsSKA o‘z maydonida “Axmat” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

“Armiyachilar” darvozasini qo‘riqlagan Igor Akinfeev professional faoliyati davomida TsSKA tarkibida 800-uchrashuvini o‘tkazdi. Mahoratli golkiper shu uchrashuvlardan 334 tasida o‘z darvozasi daxsizligini saqlab qolgan va jami 718 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Bu jahon futbolida bir jamoa uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingida 14-natija sifatida qayd etildi.

Umumiy reytingda birinchi o‘rinni braziliyalik golgiper Rojerio Seni egallab turibdi. To‘purarlik mahorati bilan ham mashhur bo‘lgan bu darvozabon “San-Paulu” safida 1105 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Qolgan hech bir futbolchining bir jamoa uchun o‘tkazgan uchrashuvlari soni mingtaga etmagan. Senining eng yaqin ta’qibchisi Rayan Giggz “Manchester Yunayted” uchun 963 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Uchinchi natija egasi hisoblangan Paolo Maldini hisobida “Milan” tarkibida 902 ta o‘yin bor. Shuningdek, braziliyalik Ademir ham “Palmeyras” libosida 902 ta bellashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!