Asosiy mazmunga oʻtish
O'zbek sporti

Fernanda Errera - Osiyo chempioni!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Bugun jamoaviy dasturdagi bahslar boshlanadi.

Kuvaytda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Sablyachi qizlar o‘rtasidagi bahslarda yurtdoshimiz Fernanda Errera oltin medalga ega chiqdi.

Errera musobaqa davomida Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Singapur va Xitoy vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Shuningdek, terma jamoamiz a’zolari Gulistan Perdebaeva, Ayako‘z Jumamuratova hamda Samira Shokirova kuchli o‘nlikdan joy olgan. Bugun jamoaviy dasturdagi bahslar boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q