FIFA "Chelsi"ning apellyatsiyasini rad etdi va ta’qiqni o‘z kuchida qoldirdi

  • 8 may, 2019, 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA “Chelsi” klubining transfer ta’qiqi bo‘yicha yuborgan apellyatsiyasini ko‘rib chiqdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda FIFA ushbu ish bo‘yicha “aristokratlar”ga qo‘yilgan ta’qiqni o‘z kuchida qoldirgan.

Endi "Chelsi" ushbu masala yuzasida Xalqaro sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, FIFA bundan avval voyaga etmagan futbolchilarning transferlarida noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun “Chelsi”ga 2019 yilning yozidan 2020 yilning yanvarigacha yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’qiqlab qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!