Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

FIFA Eronning so‘rovini "imkonsiz" hisobladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Jamoaning uchchala o‘yini ham AQSh hududida bo‘lib o‘tishi kerak

FIFA Eron terma jamoasining jahon chempionatidagi o‘yinlarini boshqa mamlakatga ko‘chirmaydi.

Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj tashkilot o‘z mamlakati terma jamoasining JCh-2026 o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi.

Biroq, The Times'ning yozishicha, bu taklif FIFAda muhokama qilinmagan - bunday qadam "imkonsiz" hisoblanadi. O‘yin chiptalari allaqachon sotilgan va ularning ko‘chirilishi boshqa ishtirokchi jamoalarga ham ta’sir qiladi.

Eron terma jamoasi JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan “G” guruhidan joy oldi. Jamoaning uchchala o‘yini ham AQSh hududida bo‘lib o‘tishi kerak.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q