Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

FIFA Messini ajoyib rekorddan mahrum qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Messi Maradonadan oʻtolmay qoldi

Argentina futbolining jonli afsonasi Lionel Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng ko‘p golli uzatmalar bo‘yicha marhum hamyurtdoshi Diego Maradonadan o‘tib ketdi, degan taassurot uyg‘ongan edi. 

Qattiq kurashlarga boy, printsipial o‘tgan Kabo-Verdega qarshi o‘yinda Argentina 3:2 hisobida g‘alaba qozondi, Messi esa qo‘shimcha daqiqalarda golli uzatma bergandi.

Biroq shundan so‘ng FIFA qarorni qayta ko‘rib chiqdi va Kristian Romero urgan golni raqib futbolchisi Dineyning o‘z darvozasiga kiritgan to‘p sifatida rasmiylashtirdi. Natijada ushbu epizod Messining assisti sifatida qayd etilmay qoldi.

Shu tariqa, Messining jahon chempionatlaridagi golli uzatmalari soni sakkizta bo‘lib qolmoqda. Huddi shuncha ko‘rsatkich Diego Maradona hisobida ham bor. Ya’ni, hozircha ikki argentinalik yulduz bu yo‘nalishda rekordni birgalikda bo‘lishib turibdi.

1/8 finalda Argentina Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Agar Leo ushbu bosqichda yana kamida bitta golli uzatma amalga oshirsa, jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p assist bergan futbolchi sifatida yakka rekordchiga aylanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q