Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

FIFA mundial finalida futbol qoidalarini buzadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bunisi boshqacha chempionat bo‘lyapti

FIFA 2026 yilgı jahon chempionati finalida futbol qoidalaridan chetga chiqishga tayyor. The Times nashri jurnalisti Martin Tsigler xabariga ko‘ra, mundial finalida taymlar orasidagi tanaffus odatdagidan ancha uzoq – 30 daqiqagacha bo‘ladi. 

Bu vaqt davomida tomoshabinlarga katta sahna shousi namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Jahon chempionati final bahsi yakshanba, 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. 

Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi. 2022 yilgı finalda Lionel Messi boshchiligidagi jamoa Fransiyani dramatik o‘yinda mag‘lub etgan: asosiy va qo‘shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida argentinaliklar ustun kelgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q