Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

FIFA Series. O‘zbekiston Gabon ustidan g‘alaba qozondi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Uchrashuvi termamiz foydasiga 3:1 hisobda o‘z nihoyasiga yetdi

Yurtimizda o‘tkazilayotgan FIFA Series o‘rtoqlik turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston — Gabon uchrashuvi termamiz foydasiga 3:1 hisobda o‘z nihoyasiga yetdi. Dastlab gabonliklar hujumchisi Averlan Teddi hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay 14-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi. 59-daqiqada Jahongir O‘rozov hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchinchi golga esa, Alisher Odilov mualliflik qildi.

O‘zbekiston navbatdagi o‘yini 30 mart kuni Venesuela terma jamoasiga qarshi bo‘ladi.

Friendly International
Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q