Flik “Barsa” oʻyinchisidan voz kechdi

  • 18.02.2026 07:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar oynasi davomida jamoasini oʻzgartirishi kutilyapti.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 22 yoshli futbolchining oʻyini va jonkuyarligidan mamnun, klub rahbariyati ham ispaniyalikning qobiliyatlarini yuqori baholaydi.

Shunga qaramasdan, Sport nashrining xabar berishicha, “Barselona”da kelasi yozda futbolchi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishga tayyor. Flik oʻyinchining ketishiga qarshilik qilmasligini bildirdi.

Jamoada yarim himoyachilar yetarlicha boʻlgani sababli, uni sotish ehtimoli ancha yuqori.

Transfermarkt portali Mark Kasadonning qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda, uning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning oʻrtasigacha moʻljallangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!