Flik: "Bugun sifatli o‘ynadik"

  • 23.11.2025 00:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletik"ga qarshi kechgan o‘yin haqida gapirdi.

"Bugun jamoam ideal o‘yin namoyish etdi. Biz o‘yinni nazorat qilib,raqibga vaziyatlar yaratishga imkon bermadik. Eng muhim vaziyatlarda gollar urishni uddaladik. G‘alabadan juda ham xursandman. Raqib ko‘proq pressing amalga oshirishini oldindan bilgandik va bunga tayyor edik. Bugun gol o‘tkazib yubormaganimiz uchun himoyachilarimizga rahmat aytishimiz kerak. Muhimi maydonda ishonchli o‘yin namoyish etdik", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" bugungi g‘alabadan so‘ng 31 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!