Flik emas! Rodri dunyodagi eng yaxshi murabbiyni aytdi
Umuman boshqa murabbiy tilga olindi
«Barselona» (Kataloniya) va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes dunyoda eng yaxshi murabbiy deb kimni hisoblashini aytdi.
«Sovrin Luis de la Fuentega berilishi kerak. U ajoyib ish qildi va bu mukofotga loyiq», – deya futbolchining so‘zlarini insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, Luis de la Fuente boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi Shimoliy Amerikada o‘tkazilgan 2026 yildgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi.
Finalda «qizil furiya» Argentina terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni hujumchi Ferran Torres urdi.
Izohlar (0)