Flik Yamalning endi qaerda o‘ynashini aytdi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa hujum chizigʻida Lamin Yamalning maydondagi oʻrni haqida fikr bildirdi.
Murabbiyning taʼkidlashicha, u yosh vingerni doimiy ravishda soxta «toʻqqizinchi raqam» sifatida maydonga tushirishni rejalashtirmayapti.
Flikning soʻzlariga koʻra, Yamal oʻzining tabiiy qanotdagi oʻyini bilan koʻproq foyda keltira oladi. Shu bois, murabbiy uni markaziy hujumchi sifatida emas, asosan flanglarda qoʻllash tarafdori.
«Barselona» uchun Ispaniya chempionati 23 avgust kuni start oladi. Shu kuni Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa musobaqani «Elche»ga qarshi safar oʻyini bilan boshlaydi.

Fikrlar