Asosiy mazmunga oʻtish

Flikning jahlini chiqarishdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

"Barselona" bosh murabbiyi jamoasi kambek qurboni bo‘lgach, keskin fikrlar bildirdi

Xans-Diter Flik "Barselona"ning "Selta"ga qarshi uchrashuvda (2:2) namoyish etgan o‘yinidan norozi. 

"Ko‘k-anorranglilar" 82-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda edi. Shundan so‘ng yarim himoyachi Mark Kasado qizil kartochka oldi hamda vigoliklar ikikita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

"Biz faqat oxirgi 10 daqiqa emas, balki butun o‘yin davomida yomon o‘yin o‘tkazdik. 

Hozirgina sariq kartochka olgan futbolchini odatda almashtirish to‘g‘ri emas. Umuman olganda, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik va to‘p bilan harakatlanishda o‘zimizga ishonch etishmadi. 

Gavining mentaliteti jamoaga foyda keltiradi. Maqsadimiz uning butun o‘yinni maydonda o‘tkaza olishini ta’minlash, ammo bu yo‘nalishda bosqichma-bosqich borishimiz lozim",
- dedi "Barselona" bosh murabbiyi. 

 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q