Futbolchi fojiali halok bo‘ldi

  • 24.06.2026 12:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Fransiyada faoliyat yuritayotgan «Gengam» klubi yoshlar jamoasi hujumchisi, 21 yoshli Kenzo Kis Rona daryosida halok bo‘ldi. Bu haqida nashr RMC Sport xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia o‘tgan dam olish kunlari suvga tushish taqiqlangan hududda sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, Kenzo Kis ikki do‘sti bilan birga daryoda cho‘milayotgan paytda taxminan soat 17:30 atrofida halokat yuz bergan. Shifokorlar futbolchida miya faoliyati to‘xtaganini qayd etgan. Lion prokuraturasi voqea sabablarini aniqlash maqsadida tergovni boshlagan.

Kenzo Kis Lion shahrida tug‘ilgan. U avval «Lion» va «Sent-Etyen» klublarining yoshlar tarkibida to‘p surgan. 

«Gengam» jamoasiga esa o‘tgan yil avgust oyida qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda Fransiyaning beshinchi divizionida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!