Gündoğan "Galatasaroy"da kutilmagan qarorga keldi
Vaziyat unga yoqmayapti
Nemis yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan, joriy mavsumda maydonda bor-yo‘g‘i 11 daqiqa o‘ynagan futbolchi, qishki transfer oynasida «Galatasaroy»ni tark etishi mumkin. Bu haqida Goal nashri turk gazetasi Sözcüga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, tajribali futbolchining keyingi manzili sifatida Amerika professional ligasi (MLS) yoki Saudiya Arabistoni chempionati ko‘rib chiqilmoqda.
Ilkay Gyundogan «Galatasaroy» safiga 2025 yil kuzida qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida jami 38 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Shu bilan birga, joriy mavsumda u deyarli maydonga tushmayapti.
Klub atrofidagi manbalar bu vaziyatni faqat taktik va sport omillari bilan izohlamoqda. Gyundogan bilan jamoa bosh murabbiyi Okan Buruk o‘rtasida mojaro yoki jiddiy kelishmovchilik borligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Izohlar (0)