Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Garnacho ikki yoshli o‘g‘lini uyidan haydadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Oila barbod bo‘ldi

«Chelsi» klubi futbolchisi, hozirda «Aston Villa» safida ijara asosida o‘ynayotgan Alehandro Garnacho o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i Eva Garsiya va uch yoshga to‘layotgan o‘g‘li Entsoni uyidan chiqarib yubordi.

Ispaniyalik Eva ijtimoiy tarmoqlarda xonadonning qora-oq suratini e’lon qildi. Rasmda darvoza to‘liq yopiq, uning qarshisida esa kichik bola turgani ko‘rinib turadi.

- Bir kuni o‘g‘lim bilan birga hayotimizni qaytadan qurishni boshlagan uyimiz bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelishini hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagan edim. Hamma narsa o‘zgarganidan keyin biz aynan shu yerda ikki kishilik oila sifatida ilk qadamlarimizni qo‘ygan edik. 

Shu yerda men boshqa ilojim qolmaganda kuchli bo‘lishni o‘rgandim. Endi esa buyumlarimizni yig‘ib, bu yerdan ketishimiz kerak. Buni istaganimiz uchun yoki shunday qaror qilganimiz uchun emas, balki boshqalar qabul qilgan qarorlar va vujudga kelgan sharoit bu yerda qolishimizni imkonsiz qilib qo‘yganligi uchun, — deb yozdi Eva.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q