Garnachoning orzusi - "Real"da o‘ynash

  • 21 mart, 2024, 12:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning 19 yoshli vingeri Alexandro Garnacho klubning kelajagi sifatida ko‘rilmoqda. Argentinalik futbolchiga bir qator grandlardan qiziqishlar bor. Ammo uning "qizil iblislar" safini tark etish ehtimoli past. 

Insayder Gaston Edulning so‘zlariga ko‘ra, Garnacha kelajakda "Real"da to‘p tepishni orzu qiladi. Bu transfer mazkur yozda amalga oshishi qiyin masala, lekin bir kun kelib vinger "qaymoqranglilar" libosini kiyishiga ishonadi. 

Alexandro ayni paytda Argentina terma jamoasi bilan El-Salvador va Kosta-Rikaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ryapti. Lionel Skaloni unga "Kopa-2024"da imkoniyat berishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum Garnacho "Manchester Yunayted" tarkibida 38 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta golda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!