
"Gerta" Lyuk Tusar uchun 24 million evro to‘laydi
Germaniya Bundesligasining "Gerta" klubi Frantsiya birinchi divizioni vakili "Lion" bilan Lyuk Tusar transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachining transferi "Gerta" uchun 24 million evroga tushadi.
Kelishuvga ko‘ra, agar "Gerta" Tusarni keyinroq sotib yuboradigan bo‘lsa, unda "Lion" ushbu transferning 10 foizini qo‘shimcha bonus sifatida qo‘lga kiritadi.
Fikrlar