
Gnabri "Bavariya"da qoladi
"Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Serj Gnabri keyingi mavsumda ham jamoada qolishi mumkin. Bu haqda "Sky Sport" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq OAV nemis grandi 28 yoshli vingerni shu yozda sotishga tayyor ekani, biroq unga takliflar bo‘lmagani haqida xabarlar tarqalgandi. Gnabrining o‘zi ham faoliyatini Myunxenda davom ettirmoqchi. Futbolchining "Bavariya" bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Serj o‘nta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar