Grilish o‘zi haqida noxush xabar tarqatdi

  • 10.02.2026 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat transferlardan hisoblangan Jek Grilish joriy mavsumni ijara asosida “Everton”da o‘tkazayotgan edi. Yaqinda og‘ir jarohat olgan yangliyalik yari himoyachi jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi.

Grilish ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ahvoli haqida ma’lumot berib, o‘zi uchun mavsum tugagani ma’lum qildi.

- Mavsumni bunday yakunlashni istamasdim. Ammo bu futbol. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi tiklanish haqida o‘ylashim kerak.

Men yanada kuchliroq qaytib, eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatishni rejalashtiryapman. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat, buni qadrlayman, - deb yozdi futbolchi.

Joriy mavsumda Grilish “Everton” safida o‘yinini ancha rivojlantirib olgandi. Tajribali futbolchi jami 22 ta uchrashuvda ikki gol va olti golli uzatma qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!