
Guler va Endrik "Real"da qoladimi?
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubning ikki yosh futbolchisi kelajagi yuzasidan yakuniy qarorga keldi.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, italiyalik mutaxassis jamoa futbolchilari Endrik va Arda Gulerni qishda qo‘yib yubormoqchi emas. Anchelotti ikkala yosh iqtidor egalarini kamida mavsum yakunigacha olib qolmoqchi.
Joriy mavsumda turkiyalik yarim himoyachi 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Uning braziliyalik jamoadoshi esa, 14 ta o‘yinda 2 ta gol va bitta assist qayt etdi.
Fikrlar