Guruhdagi raqibimiz qit’adoshimiz bilan to‘qnashdi

  • 08.06.2026 09:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada o‘tadigan jahon chempionati oldidan Kolumbiya va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv AQShning San-Diego shahrida joylashgan "Snapdragon" stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Janubiy Amerika vakillari 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limning 41-daqiqasida Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Jon Aryas hisobni ochdi. Unga hal qiluvchi pasni jamoa yulduzi Xames Rodriges yo‘lladi. Tanaffusdan so‘ng ham tashabbus Kolumbiya tomonida bo‘ldi va uchrashuv taqdirini yana shu Aryas hal qildi — u ikkinchi gol muallifiga aylanib, dublni rasmiylashtirdi. Bu golda esa zahiradan maydonga tushgan himoyachi Santyago Arias assistent sifatida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi "K" guruhida Portugaliya, Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Iordaniya esa "J" guruhida Avstriya, Jazoir va Argentinga qarshi bahs olib boradi.

Iordaniyaga qarshi bahs kolubiyaliklar uchun 18 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan asosiy tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!