
Gvardiola 175 million evroga superforvard oladi
“Manchester Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoasi ko‘p gol urayotganiga qaramay, hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi.
Ispaniyalik mutaxassis Portugaliya terma jamoasi va “Milan” hujumchisi Rafael Leauni Angliya Premer-ligasiga olib kelishni rejalashtirmoqda.
“Shaharliklar” bu transferni joriy mavsum yakunlanganidan keyin yozda amalga oshirmoqchi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. 24 yoshli futbolchining milanliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.
Bitimda 175 million evro miqdorida badal puli belgilab qo‘yilgan. Agar Gvardiola bu futbolchini taklif etadigan bo‘lsa, klub ana shu summani to‘lashi talab etiladi.
Fikrlar