Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Gvardiola: Bugun hammasi tugashi mumkin

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bugungi natija chempionlikka ta'sir qiladi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Premier-ligada “Chelsi”ga qarshi safarda bo’ladigan murakkab o’yinning ahamiyati yuqori ekani haqida fikr bildirdi.

- Agar biz “Stamford Brij”da g’alaba qozonmasak, ehtimol, “Arsenal”ga qarshi keyingi o’yin oldidan matbuot anjumani o’tkazishga hojat ham qolmaydi, chunki hammasi tugaydi.

Buni hamma biladi. Siz bilasiz, men bilaman, o’yinchilar biladi, - dedi Xosep Gvardiola.

Aytilish joizki, shanba kuni chempionat peshqadami “Arsenal” o’z maydonida kutilmaganda “Bornmut”ga (1:2) yutqazdi.

“Siti” ayni paytda “kanonirlar”dan to’qqiz ochkoga ortda qolyapti va zahirada ikki o’yini bor. Agar “shaharliklar” Londondan g’alaba bilan qaytsa va 19 apreldagi o’zaro uchrashuvda “Arsenal”ni yengsa, Mikel Arteta jamoasi bilan tenglashib olish imkoniga ega bo’ladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q