Gvardiola faqat shu murabbiyni yenga olmayapti
Angliya Premier-ligasining 21-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qilib, raqib bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Aytilish joizki, “Brayton” bosh murabbiyi etib tayinlangandan beri 32 yoshli Fabian Hyurtseler tajriba hamkasbi Xosep Gvardiola jamoasiga qarshi biror marta ham mag‘lub bo‘lgan yo‘q.
Premier-ligadagi to‘rtta o‘zaro bahsda “Brayton” ikki marta “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan va ikki marta durang qayd etgan.
OptaJoe ma’lumotlariga ko‘ra, Hyurtseler Angliya chempionatida Gvardiolaga qarshi ilk to‘rt o‘yinda yutqazmagan tarixdagi birinchi murabbiy hisoblanadi.
Fikrlar