Gvardiola: Hammanng ket!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola muhim oʻyin oldidan futbolchilariga ikki kunlik dam berdi. Bu haqida jurnalist Pol Xerst xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, “Manchester Siti” murabbiylar shtabi faqat engil tiklanish mashgʻuloti oʻtkazgan va shundan soʻng tarkibga ikki kunlik qoʻshimcha dam berish maqsadida oʻyinchilarni tarqatib yuborgan.
Angliya Premyer-ligasining 33-tur doirasidagi “Manchester Siti” va “Arsenal” uchrashuvi 19 aprel kuni boʻlib oʻtadi. Bu bahs chempionlik masalasiga oyдинlik kiritadi.
Agar Xosep Gvardiola shogirdlari “kanonirlar”ni magʻlubiyatga uchratsa, manchesterliklarda raqib bilan tenglashib olish imkoniyati paydo boʻladi.
Hozirgi paytda “Arsenal” 70 ochko bilan musobaqa jadvalda peshqadam boʻlib turibdi va “shaharliklar”dan olti ochko oldinda boryapti. Ammo Gvardiola jamoasida zaxirada bitta oʻyin bor.
“Manchester Siti” futbolchilari “Arsenal”ni magʻlub etgan holda, 31-turning qoldirilgan uchrashuvida “Kristal Pэlas”ni ham yengishiga toʻgʻri keladi.
Fikrlar