Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Gvardiola: Hech qanday bayram bo‘lmaydi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bosh murabbiy g‘alabani nishonlashga chek qo‘ydi

Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ning “Chelsi” ustidan Angliya kubogi finalidagi 1:0 hisobidagi g‘alabasidan keyin fikr bildirdi.

Uchrashuv Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda Antuan Semenyoning supergoli manchesterliklarning g‘alabasini ta’minladi. Ushbu bahsda bosh hakam vazifasini Darren Inglend bajardi.

- His-tuyg‘ular bosildi. Men baxtli insonman. Bu mavsum haqiqatan ham yaxshi o‘tdi. O‘tgan mavsum ko‘p sabablarga ko‘ra eng qiyini bo‘lgan edi.

Bu mavsumda har bir o‘yinda o‘zimizni qanday ko‘rsatayotganimiz muhim. Balki bizga barqarorlikka erishish uchun vaqt kerak bo‘lgandir.

Hech qanday bayram bo‘lmaydi. Bilasizlar, Premyer-ligadagi “Bornmut”ga qarshi o‘yin yanada qiyin kechadi. U yerga borib, yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz, - dedi Gvardiola BBC nashriga bergan intervyusida.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q