Gvardiola: Ketsang, ketaver! Lekin...
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Rodri “Real”ga o‘tishni istasa, uning ketishiga to‘sqinlik qilmasligini aytdi.
Ushbu xalqaro tanaffus paytida Rodri agar “Real”dan taklif bo‘lsa, rad eta olmasligini tan olgan edi, madridliklar esa uni yozgi transferda asosiy transfer nishoni sifatida ko‘rmoqda.
Gvardiola hamyurtini ayblamaydi, ammo uning fikricha, Rodri 2027 yilgacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirishi kerak.
- Men klub nima istashini bilaman. Ular menga Rodridan faqat bitta narsani xohlashlarini aytishdi: u qolsin, qolsin, qolsin. Menimcha, u qoladi. Bu borada ijobiy hissiyotim bor.
Madridda o‘ynash imkoniyatini rad etgan biorta ham futbolchi yo‘q. U Ispaniyada tug‘ilgan. Lekin mening xohishim — Rodri bu klubda iloji boricha uzoqroq qolishi.
Menimcha, u baxtli. Agar u o‘zini baxtli his qilmasa, u mening yoki sport direktori eshigini taqillatksin, shunda biz uning yuqori mahoratidan kelib chiqib taklifni qabul qilamiz va u endi bizning klubga tegishli bo‘lmaydi.
Hozir menda shunday his borki, so‘nggi bir-ikki o‘yinda u haqiqatan ham o‘zining eng yaxshi formasiga qaytdi, - dedi Gvardiola Daily Mail nashriga.
Fikrlar