Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Gvardiola "Manchester Siti"dagi muhitdan hayratda

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Murabbiy buning sabablarini tushuntirib berdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoadagi muhit va barqarorlik haqida fikr bildirdi.

"Agar bu yerda ajoyib muhit bo‘lmaganda, men o‘n yil ishlamasdim, hatto barcha ushbu sovrinlarni yutgan taqdirimda ham. Hali ham o‘zimda kuchli energiyani his qilaman va hatto dam olish kunlarida ham ishga mamnuniyat bilan kelaman.

Menga Ilkay Gyundoganning "Barselona"dan qaytib kelib, "Man Siti – bu top, top" degani yoqdi. Agar shunday fikrlar yangrasa, demak biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.

Shuning uchun ham biz doimiy ravishda Chempionlar ligasida ishtirok etamiz — allaqachon 12, 13, 14 yildan beri. Shuning uchun ham har doim chempionlik uchun kurashamiz. Chunki klub taktika, tizim, futbolchilar va murabbiylar jihatidan barqaror. Bu xuddi odamlar o‘zini yaxshi his qiladigan bir "pufak"ka o‘xshaydi", — dedi murabbiy.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q