Gvardiola “Manchester Siti”dan ketadigan bo‘ldi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda shartnomasi yakunlanganidan keyin klubdan ketishga qaror qildi.
Evropadagi manbalarning ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatini hamkorlikni to‘xtatmoqchi ekani haqida ogohlantirgan.
Jurnalist Sem Li “shaharliklar” rahbariyati bosh murabbiyning rejalaridan xabardor bo‘lishiga qaramay, uni jamoada qolishga ko‘ndirishga urinayotganini yozdi. Agar Gvardiola fikrini o‘zgartiradigan bo‘lsa, klub unga yangi shartnoma beradi.
Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Aynan ispan mutaxassisining boshqaruv davri klub tarixida eng samaralisi hisoblanadi.
Pep “shaharliklar”ga olti marotaba Angliya chempionligi, Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini kabi nufuzli yutuqlarni olib bergan.

Fikrlar