
Gvardiola “Manchester Siti”dan ketmoqchi
“Manchester Siti”ni ketma-ket to‘rt marotaba Angliya chempioniga aylantirib, rekord natija qayd etgan Xosep Gvardiola jamoani tark etishi mumkinligini ta’kidladi.
Gap shundaki, “shaharliklar”ni 2016 yildan beri boshqarayotgan ispaniyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Ko‘pchilikni tajribali mutaxassis klub bilan hamkorlik qilish bo‘yicha qanday qarorga kelishi qiziqtirmoqda.
- Men klub bilan shartnomani uzaytiramanmi? Hozir bitimni cho‘zishdan ko‘ra, ketishga yaqinroqman. Men rahbariyatga hozircha klubda ishlashimni aytdim, lekin keyin nima bo‘lishini alohida gaplashamiz, - dedi Xosep Gvardiola.
53 yoshli mutaxassis ilgari “Barselona” va “Bavariya”ni ham muvaffaqiyatli boshqargan.
Fikrlar