Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etadi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Xosep Gvardiola mavsum oxirida "Manchester Siti" bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Bu haqida ingliz klubi matbuot xizmati xabar berildi.

55 yoshli ispaniyalikning shartnomasi yana bir yilga, 2027 yilgacha mo‘ljallangan edi.

Gvardiola 2016 yilda "Manchester Siti"ni boshqargan. Shu vaqt ichida klub olti marta Angliya chempionati, besh marta Angliya liga kubogi, uch martadan Angliya kubogi va Superkubogi, bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Murabbiylik faoliyati davomida Gvardiola, shuningdek, uch marta Ispaniya chempioni va ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan "Barselona" va uch marta Germaniya chempioni bo‘lgan "Bavariya" murabbiyi bo‘lgan.

Gvardiola tarixda ikki marta trebl (bir mavsumda mamlakat chempionati va kubogi, shuningdek, Chempionlar ligasi) g‘alaba qozoongan birinchi murabbiydir. U buni "Barselona" (2008/09) va "Manchester Siti" (2022/23) bilan amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q