Habib 4 ta bokschini tanladi
Habib eng yaxshi bokschilarni sanab o‘tdi.
UFC engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedov jahonning eng yaxshi bokschilari ro‘yxati nomini aytib o‘tdi.
"Ayni damda, uchta dunyoning eng yaxshi bokschisini ko‘ryapman: Usik, Alvares, Lomachenko. Ha, kechirasiz, to‘rtinchisi Tayson Fyuri. Ular orasidan bitta eng yaxshisini ajratish qiyin.
Usik va Fyuri o‘rtasida jang bo‘lishini xohlayapman. Bu juda yaxshi jang bo‘ladi. Usikning texnikasi yuqori va u noodatiy jangchi. Fyuri ham xuddi shunday!
Usikka qarshi Chisora qanday harakat qilishini ko‘ramiz. Bu o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat," - dedi Nurmagomedov.

Izohlar (0)