
Habib Abu Dabiga etib keldi!
Engil vazn toifasida UFCning mutlaq chempioni bo‘lmish Habib Nurmagomedov Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu Dabiga etib keldi. Bu haqda, u o‘zining Instagram sahifasida "Toshli jungli fonida yoki boshqa biror narsa" sarlavhali post qoldirib, ma’lum qildi.
4 dekabr kuni UFC prezidenti Dana Uaytning Habib bilan ko‘rishib, faoliyatini qayta davom ettirishi borasida muzokara o‘tkizishi rejalashtirilganligi bois, sportchi bir necha kun oldin shaharga etib keldi.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina sportchining agenti Abdul Aziz o‘z mijozining 30-chempionlikni qo‘lga kiritish uchun UFCga qaytishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Fikrlar