Harri Keyn “Barsa” bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 03.07.2026 14:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempioni “Bavariya” klubi va Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn bu yozda “Barselona”dan jiddiy chorlov bo‘layotganiga qaramay, Kataloniyaga bormaydi.

Bu haqida jurnalist va insayder Rashod Rahmon ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubiga futbolchining Myunxenda barchasidan mamnun ekani va yaqin vaqt ichida “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda, degan ma’lumot yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn 2023 yil yozidan buyon “Bavariya” safida to‘p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

2025/26 yildgi mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda ishtirok etib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!