Harri Keyn Saudiya bo‘yicha yakuni qarorga keldi

  • 26.07.2026 23:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempioni «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn jamoada qolishga qaror qildi. Yevropa matbuotiga ko‘ra, tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Bundan avval Saudiya Arabistoni Professional ligasining «Al-Hilol» klubi angliyalik forvard xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi. 

Bu haqida Give Me Sport nashri yozdi. 

Biroq qator boshqa manbalarga ko‘ra, Harri Keyn Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olish niyatida emas.

Harri Keyn 2023 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U myunxenliklar safiga «Tottenxem»dan o‘tgan. Germaniya grandi tarkibida u shu vaqtgacha 147 o‘yin o‘tkazib, 146 ta gol urgan va 33 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!