
Here we go! Flik "Barselona" bosh murabbiyi
Biroz oldin "Barselona" Xavini iste’foga chiqarganini e’lon qilgandi. Uning o‘rniga klub kimni olib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, kataloniyaliklarning keyingi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bo‘ladi. Tomonlar ikki yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. Shu bilan birga, germaniyalik mutaxassis ikkita yordamchi murabbiyi bilan ishni boshlaydi.
Flik "Barselona"ni qabul qilib olish uchun APLdan kelgan taklifni rad qildi. Unga "Chelsi" qiziqish bildirayotgandi.
"Bavariya"dagi faoliyati davomida barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Xans Germaniya terma jamoasida ham ishladi. Ammo uni rahbariyat o‘z lavozimidan ozod qilgandi.
Fikrlar