
Here we go! Motta "Yuventus" bosh murabbiyi
Rasman "Bolonya" Tyago Motta bilan shartnomani yangilamasligini e’lon qildi. Bitim shu yozda tugayi va u "Yuventus"ga yo‘l oladi.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, turinliklar bilan murabbiy kelishuvga erishdi. Italiyalik mutaxassis 4 yillik bitimga imzo chekadi.
Motta 2022 yilda "Bolonya"ni qabul qilib olgandi. Uning shogirdlari A Seriyada mavsumni 3-o‘rin bilan yakunlashga yaqin turibdi. Shu bilan birga, jamoa Chempionlar ligasiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ma’lumot uchun, Tyago faoliyati davomida "Spetsiya" va "Jenoa" klublarida ham ishlagan.
Fikrlar