
"Hey, nafratlanuvchilar"!
Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning futbol olamidagi yuksak mavqeini e’tirof etdi.
39 yoshli forvard Sloveniyaga qarshi o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlarida penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa-da, Portugaliya terma jamoasi "Evro-2024" chorak finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu penaltilar seriyasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Unga hech qachon shubha qilmang. U tarixdagi eng buyuk futbolchi", - deb yozdi jurnalist.
Shuningdek, Morgan: "Hey, nafratlanuvchilar"!, deya yozib Ronaldu bilan tushgan suratini o‘z sahifasiga joylashtirdi.
Fikrlar