Husanov operatorni ag'darib tashladi
Husanov hech kimni ayamaydi
2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichidagi Kolumbiyaga qarshi o‘yinning 34-daqiqasida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov maydon tashqarisida kutilmagan holatga duch keldi.
- Voqea Mexiko shahridagi dunyoga mashhur "Atsteka" stadionida ro‘y berdi. Abduqodir Husanov undan yon chiziq yonidan qochishga harakat qilgan kolumbiyaliklar yulduzi Luis Diasga o‘z uslubida podkat tashladi.
Abduqodir raqibning oyog‘iga zarba berib yubordi, uni yig‘itdi, inertsia bilan sirpanib maydondan tashqariga chiqib ketdi va uchrashuvni tasvirga olayotgan teleoperatorni ham ag‘darib yubordi, - deb yozmoqda Mundo Deportivo nashri.
Hodisa sabab o‘yin qisqa fursatga to‘xtatildi. Teleoperatorga maydon chetidayoq tibbiy yordam ko‘rsatildi. Uchrashuv bosh hakami Entoni Teylor Luis Diasga qarshi qo‘pol o‘yin uchun Husanovga sariq kartochka ko‘rsatdi.
Uchrashuv 3:1 hisobida Kolumbiya terma jamoasi foydasiga yakunlandi. O‘zbekiston uchun bu bellashuv jahon chempionatlari final bosqichidagi ilk o‘yin sifatida tarixga kirdi.
Bu bahsda Abbosbek Fayzullaev O‘zbekistonning jahon chempionatlaridagi birinchi golini urgan futbolchi sifatida o‘z nomini tarixga yozdi. Uning do‘sti Abduqodir Husanov esa, mundialda ogohlantirish olgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida qayd etildi.
Fabio Kannavaro shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni "K" guruhidagi ikkinchi tur doirasida Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yin AQShning Xyuston shahridagi stadionda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialning guruh bosqichini 28 iyun kuni Afrika vakili - Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilariga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi.

Izohlar (0)