Husanov Saloҳga “non” bermadi!

  • 04.04.2026 23:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya kubogi chorak finalida “Manchester Siti” “Liverpul”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. O‘zbekistonlik himoyachi raqib hujumchilarini to‘xtatishda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda Muhammad Saloḥ bilan bo‘lgan duelda ajoyib harakati orqali xavfni bartaraf etdi.

Bellashuvdan so‘ng “shaharliklar” murabbiylar shtabi a’zosi Pep Leynders Husanov o‘yiniga yuqori baho berdi:

“Husanov birinchi bo‘limda o‘z tezligini yana bir bor namoyon qildi. U juda tezkor futbolchi. Mashg‘ulotlarda ham doim uning tezligiga e’tibor beramiz. Shu bilan birga, u juda hotirjam va aql bilan himoyalanadi. Tezlik orqa chiziq uchun katta ustunlik beradi.

Butun himoya chizig‘i yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, ammo Husanov alohida ajralib turdi. U to‘p bilan oldinga chiqishdan qo‘rqmaydi, o‘yinni o‘qish qobiliyati yaxshi. U hali yosh, lekin katta salohiyatga ega va o‘sishda davom etishi kerak.”

Shu tariqa, Husanov yana bir bor jamoasining muhim futbolchilaridan biri ekanini isbotladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!