Ikki futbolchi terma jamoada o‘ynashdan bosh tortdi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumkor futbolchilari Brayan Mbeumo va Benyamin Sheshko mart oyidagi oʻyinlar uchun oʻz mamlakatlari milliy terma jamoalari chaqiruviga borishdan bosh tortdi.
Mbeumo oʻz klubining “Bornmut”ga qarshi soʻnggi uchrashuvida (2:2) 71-daqiqada almashtirilgan edi. Klub saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, u “ehtiyot chorasi sifatida” chaqiruvdan bosh tortgan.
Shu tariqa, u Kamerun terma jamoasiga Xitoy va Avstraliyaga qarshi oʻyinlarda yordam bera olmadi.
Sheshko esa soʻnggi haftalarda aniqlanmagan muammo bilan kurashib kelgan va toʻliq tiklanish maqsadida Sloveniya terma jamoasi tarkibiga bormaslikka qaror qilgan.
Sloveniyaliklar mart oyidagi FIFA kunlarida Vengriya va Chernogoriya terma jamoalarga qarshi oʻynaydi.
Fikrlar