Ikki klub Saloҳdan voz kechdi

  • 27.03.2026 18:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”dan ketishini e’lon qilgan Muhammad Saloҳ faoliyatini MLS klublarida davom ettirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

MLS rahbariyati ham chempionatga mashhur yulduzning kelishidan manfaatdor. Biroq Muhammad Saloҳ darajasidagi oʻyinchini har qanday jamoa ham taklif eta olmaydi.

The Athletic nashri xabariga koʻra, AQSHning “San-Diego” va “Chikago Fayr” klublari misrlik toʻpurarni transfer qilish gʻoyasidan voz kechdi. Bunga Muhammad Saloҳga katta miqdorda maosh toʻlash kerakligi sabab boʻlgani aytilmoqda.

Muhammad Saloҳ 2017 yildan beri “Liverpul” safida oʻynab keladi va jamoaning eng katta maosh oladigan oʻyinchilaridan biri hisoblanadi. 33 yoshli futbolchiga boshqa klublardan chorlovlar yetarli darajada koʻp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!