Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ikki yulduz Angliyaga g'alaba keltirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Natija muxlislarga yoqdi

Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Angliya terma jamoasi safarda Chexiyani mag‘lub etdi. Bellashuv 2:0 hisobida «uch sher» foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Chexiya yarim himoyachisi Pavel Shults to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va mezbonlar maydonda bir futbolchi kam bo‘lib qolishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq hisob ochildi: 47-daqiqada Entoni Gordon Trent Aleksander-Arnold yo‘llagan aniq uzatmadan so‘ng darvozaga zarba berib, Angliyani oldinga olib chiqdi.

69-daqiqada esa Harri Keyn raqib darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol etdi va Angliya ustunligini mustahkamladi.

Bu g‘alabadan so‘ng Angliya terma jamoasi 3-guruh turnir jadvalida 3 ochko bilan 2-pog‘onaga ko‘tarildi. Chexiya esa hozircha ochko to‘play olmagan holda 4-o‘rinni egalab turibdi.

Keyingi turda Millatlar ligasi doirasida Angliya safarda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Chexiya shu kuni mehmon sifatida Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi.

CHEXIYA – ANGLIYA – 0:2 (0:0)

Gollar: Gordon, 47 (0:1), Keyn, 69 (0:2).

Maydondan chetlatish: Shults, 25.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q