Ikki yulduz “Barsa”ni tanladi
“Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Al’vares va “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni afzal ko’rmoqda.
Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.
Agar Al’vares Madrid klubini tark etishga qaror qilsa, u o‘ziga qiziqish bildirayotgan “Arsenal” va “Pari Sen-Jermen”dan ko‘ra, “Barselona”ga o‘tish variantini tanlaydi.
Bastoni esa kataloniyaliklar sport direktori Deku va bosh murabbiy Hans-Diter Flikdan transferga rozilik olganidan so‘ng “Inter” rahbariyatini transfer narxini pasaytirishga ko‘ndirishga yordam berishga tayyor.
“Barselona” kelasi mavsum oldidan markaziy hujumchi va himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda. Al’varesning “Atletiko” bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi, u klubda baxtli ekanini aytgan, ammo jamoani o‘zgartirish ehtimolini istisno etmagan. Unga “Arsenal” va PSJ ham qiziqmoqda, ammo eng jozibali taklif “Barselona”dan kelgan.
Bastoni bo‘yicha kelishuv ancha amaliy ko‘rinadi. Muzokaralar yaqin vaqt ichida qayta tiklanadi. Futbolchi “Barselona”ga o‘tishni xohlaydi va ketishdan oldin Italiya chempionligini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Agar transfer amalga oshsa, u “Inter” bilan muzokara qilib, 70–80 million yevro atrofidagi talab qilingan narxni pasaytirishga harakat qiladi. Bastoni fikricha, muvaffaqiyatli mavsumlardan keyin Italiyanitark etish uchun ayni vaqt.
Fikrlar