Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Inter" Argentina yulduziga taklif beradi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu katta transfer bo‘ladi.

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero yaqin vaqtlarda Italiya ning amaldagi chempioni «Inter» jamoasi safini to‘ldirishi mumkin.

Insayder Fabrizio Romano ma’lumoticha, «neradzurri» 28 yoshli argentinalik futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda. 

Italiya ning yetakchi klublaridan biri allaqachon londonliklar rahbariyati bilan bog‘langan, tez orada Romeroning o‘z atrof i bilan ham muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. 

«Tottenxem» klubida esa futbolchining ketishi deyarli muqarrar ekanini yaxshi tushunib turishibda va rahbariyat transferga qarshi emas.

Kristian Romero uchun kurashda «Inter» ning asosiy raqibi – «Barselona» hisoblanadi. Biroq kataloniyaliklar hozircha aniq muzokara bosqichiga o‘tgan i yo‘q. London jamoasi sardorining transfer qiymati Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 45 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q