"Inter" "Atalanta" yulduzidan voz kechdi

  • 11.08.2025 18:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Chempionlar ligasining amaldagi finalchisi "Inter" Bergamoning "Atalanta" klubi bilan nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.

Gap shundaki, bergamoliklar o‘z etakchisi uchun kamida 50 million evro to‘lab berilishini talab qilgan. Biroq, milanliklar 45 million evro va qo‘shimcha bonuslardan ortiq taklif qilmasligini ma’lum qildi. Shu bilan bir qatorda "Napoli" vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Ma’lum bo‘lishicha, neapolliklar xafta so‘nggigacha Lukman uchun taklif bilan chiqishi kutilmoqda.

Ademola Lookman of Atalanta gestures during the Serie A match between Atalanta and Roma at Gewiss Stadium on May 12, 2025 in Bergamo, Italy.

Ma’lumot uchun, nigeriyalik vinger yakunlangan mavsumda umumiy 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z xisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!