"Inter" yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
Italiyaning "Inter" klubi yangi bosh murabbiyi sifatida ruminiyalik mutaxassis Kristian Kivuni tayinladi. Milan klubi matbuot xizmatida xabar berishicha, sobiq himoyachi bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.
Kristian Kivu 2007 yildan 2014 yilgacha futbolchi sifatida "Inter" safida to‘p surgan va faoliyatini yakunlagan. 44 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatini "Inter"ning yoshlar jamoalarida boshlagan, 2025 yilning fevralidan iyunigacha esa Italiya "Parma" klubining bosh murabbiyi bo‘lgan.
U "Inter"da bosh murabbiy lavozimida Simone Indzagini almashtirdi. Ikki marta klubni UEFA Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan italiyalik mutaxassis faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatining "Al-Hilol" klubida davom ettiradi.
Fikrlar