"Inter" yangi darvozabon topdi
"Inter" yozda darvoza chizigʻini kuchaytirish maqsadida yangi darvozabon sotib olmoqchi. Bu haqida "Matteo Moretto" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, milanliklar "Tottenxem" darvozaboni Gulyelmo Vikarioni sotib olishni rejalashtirmoqda. Klub allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Italyalik posbon "neradzurrilar"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi.
29 yoshli darvozabonning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Vikario joriy mavsum "shporlar" safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 12 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar