
Islom Maxachev Arman Tsarukyanga tan berdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev raqibi Arman Tsarukyan haqida gapirdi.
"To‘g‘risini aytsam, murabbiyning fikriga qo‘shilaman, Armanning zaif tomonlari yo‘q. Unda har bir MMA jangchisiga kerak bo‘lgan barcha jihatlar mavjud. Shu bois Tsarukyan divizionimiz reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi" - dedi drog‘istonglik "SHAK MMA" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev (26-1) va Arman Tsarukyan (22-3) to‘qnashuvi 19 yanvar kuni "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar