Ispaniya so‘nggi turda ham g‘alaba qozondi
Ispanlar 100 foizlik natija qayd etdi
"Evro-2024"ning 3-turidan o‘rin olgan Albaniya - Ispaniya uchrashuvida ispanlar g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni Ferran urdi. Torres 13-daqiqada Olmoning ajoyib pasidan so‘ng hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Ispaniya 100 foizlik natija bilan pley-offga yo‘l oldi.




Izohlar (0)